So'nggi yangiliklar

SUVDAN SAMARALI FOYDALANISH DOIMIY NAZORATDA

Suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida 2024-yil davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari doirasida ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orish, shartnoma tuzmasdan yoki maxsus ruxsatnomasiz suv olish, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamasdan myoridan ortiqcha suv olish, berilgan va olingan suvning hisobi qayd etilmaganligi kabi holatlar bo‘yicha suvdan foydalanuvchi hamda suv iste’molchilari jami 1567 ta kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
O‘rganishlarda 23,9 mln. kub metr suv noqonuniy olingani yoki isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, Inspeksiya tomonidan vakolati doirasida 891 ta huquqbuzarlarga nisbatan jarima sanksiyalar qo‘llanildi.
Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida 33 ta yozma ko‘rsatma va 196 ta holat bo‘yicha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Shu bilan birga, Inspeksiya tomonidan 2020–2023-yillarda paxta maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan 180 ta tadbirkorlik subyektlari o‘rganib chiqilib, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasidan maqsadli va samarali foydalanmagan klaster va fermer xo‘jaliklariga yozma ogohlantiruvlar berilidi.
Suv xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha mas’ullarga berilgan ko‘rsatmalar natijasida hozirgi kungacha 100 dan ortiq kamchiliklar bartaraf etildi. Gidroinshootlarni ta’mirlash ishlari ayni kunlarda ham qizg‘in davom ettirili, sug‘orish mavsumiga taraddud ko‘rilmoqda. 
Bundan tashqari, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” Qonunining mazmuni va mohiyatini tushuntirish ishlari bo‘yicha doimiy ravishda seminarlar tashkil qilinib kelinmoqda.
Suv resurslari dunyo mamlakatlari uchun nafaqat aholi, sanoat va sug‘oriladigan dehqonchilikni obihayot bilan ta’minlaydigan manba, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, qolaversa, butun mintaqaning ekologik muvozanatini saqlab turuvchi muhim omildir. Shu bois har bir iste’molchi suvdan foydalanishda qonuniy talab va meyorlarga amal qilishi zarur. Yurtimizda suv resurslaridan foydalanish doimiy nazoratdadir.
 
R.Uzaqov,
“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i


Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Сентябрь 2024 (1)
Июль 2024 (2)
Май 2024 (2)