So'nggi yangiliklar

URGANCH TUMANI SUV ISTE’MOLCHILARI BILAN ONLAYN MULOQOT

2024-yil 18-sentabr kuni Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Habibulla Quvondiqov navbatdagi sayyor qabulni Xorazm viloyati Urganch tumanidagi suv iste’molchilari bilan onlayn tarzda o‘tkazdi.
Unda Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Urganch tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbarlari va mutaxassislari, tumandagi klaster tashkiloti, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda tomorqachilar ishtirok etdi.
Urganch tumanidagi “Qalandar Sapaev” fermer xo‘jaligi rahbari Ozodboy Jumaniyozov “Daryoliq-arna” kanaliga o‘rnatilgan nasosni DXSh asosida boshqaruvga olishda yordam so‘radi. Murojaatchiga nasosni DXSh asosida boshqaruvga olish shartlari tushuntirildi, bu borada amaliy va huquqiy yordam berilishi ma’lum qilindi.
Muloqot chog‘ida davlat buyurtmasi uchun nasos stansiyalarda ishlatilgan elektr energiya uchun subsidiya berish, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan va ishlatilgan maydonlar uchun subsidiya ajratish, gidrotexnik inshootlar atroflaridagi yerlarni shartnoma asosida foydalanishga olish to‘g‘risida murojaatlar kelib tushdi.
Barcha murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va vazifalar yuklatildi.
 
Axborot xizmati

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Сентябрь 2024 (1)
Июль 2024 (2)
Май 2024 (2)