So'nggi yangiliklar
SUV RESURSLARINI BARQAROR BOSHQARISHDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR


Bugun Suv xo‘jaligi vazirligida “Suv resurslarini barqaror boshqarishdagi innovatsion yondashuvlar” mavzusida media-tur o‘tkazildi.22-mart – Butunjahon suv resurslari kuniga bag‘ishlangan ushbu tadbir Suv xo‘jaligi vazirligi, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi. Unda olimlar, tadqiqotchilar, ekspertlar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Respublikamizdagi 17 ta suv omborlarida favqulodda vaziyatlarda aholini erta ogohlantirish bo‘yicha lokal xabar berish tizimi joriy qilindi hamda 16 ta suv omborlariga 83 ta seysmik qurilmalar (akselometr) va 44 ta suv omborlariga suv sathini real vaqt rejimida kuzatuv datchiklari o‘rnatildi.
Shu bilan birga, “O‘zbekkosmos” agentligi bilan hamkorlikda 60 ta suv omborlarining loyqa va suv hajmlariga aniqlik kiritildi hamda 20 ta suv omborlari to‘g‘onlarining deformatsiyalanish, siljish va cho‘kish dinamikasining kosmik monitoringi amalga oshirildi.
Tadbirda Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev jahon tajribasida suv ob’ektlarida kosmik tadqiqotlar bo‘yicha yangiliklar ko‘p ekanligini, ularni chuqur o‘rganib, o‘zimizning faoliyatimizga ilmiy jihatdan tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.
Media-tur doirasida suv xo‘jaligi sohasida suv resurslarini barqaror boshqarish hamda yirik suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash va sohani innovatsion yondashuvlar orqali raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining zamonaviy suv o‘lchash qurilmalari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.
Media-turning yakuniy qismida suv havzasida “O‘zbekkosmos” agentligining zamonaviy “ko‘p nurli sensor” qo‘rilmasi orqali eksperimental suv o‘lchash jarayoni ko‘rsatib berildi.
Axborot xizmati
Veb-saytimiz faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
Yil dasturi
Ma'lumotlar arxivi
Апрель 2026 (1)
Март 2026 (8)
Февраль 2026 (1)
Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Сентябрь 2024 (1)
