So'nggi yangiliklar

NAVRO‘Z TABRIGI

Bayram shukuhi tobora yaqinlashayotgan mana shunday fayzli lahzalarda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarni, ularning yaqinlari va oila a’zolarini qo‘shaloq qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
"Har tuning qadr o‘libon, 
Har kuning o‘lsin Navro‘z".
Hazrat Navoiyning bitilganiga besh asrdan oshgan ushbu go‘zal va purma’no satrlari har qachongidan ham bugungi kunimizga mos va hamohang, desak aslo mubolag‘a emas.
Bu yil muborak va fazilatli ayyom – Iyd al-Fitr hamda yangilanish va yasharish fasli – Navro‘zi olam uyg‘un holda kirib kelmoqda.
Bayram shukuhi tobora yaqinlashayotgan mana shunday fayzli lahzalarda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarni, ularning yaqinlari va oila a’zolarini qo‘shaloq qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Hayotingiz suvdek tiniq, daryodek jo‘shqin, ummondek barakali bo‘lsin!
Suv – olam tirikligining manbai.
Xalqimizning duolari ijobat bo‘lib, yilning boshlanishi yog‘ingarchiliklarga boy bo‘ldi. Osmondan obi-rahmat, qut-baraka yog‘di. Omborlarimiz suvga to‘lmoqda. Bu yilgi sug‘orish mavsumi ko‘ngildagidek o‘tishiga, yurt dasturxoni yanada to‘kin bo‘lishiga hammamizning umidimiz katta.
Navro‘z nafaqat xalqimiz nishonlaydigan, balki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida tan olingan bayramdir. Bu yil yurtimizda Prezident qarori bilan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada bayram qilinadi.
Joylarda tashkil etiladigan Navro‘z tadbirlarida, ommaviy sayillarda suv xo‘jaligi tashkilotlari ham faol ishtirok etadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tinchlikni asrash, xalqimizning turmushi yanada farovon bo‘lishi uchun olib borayotgan barcha sa’y-harakatlari xuddi obihayotdek chanqoq dillarga mador bo‘lmoqda. 
Prezidentimizning suv masalasini davlat siyosati darajasiga olib chiqib, sohani rivojlantirish mexanizmlarini belgilab berayotganidan suvchilar yanada ruhlanib, kamarbasta bo‘lib, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga munosib hissa qo‘shishga, shijoat bilan mehnat qilishga astoydil kirishganmiz. 
Bu yil 1,3 ming km yirik va 30 ming km xo‘jalik ichki kanallarni betonlashtirish, qo‘shimcha 503 ming gektar maydonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, kamida 100 mln kVt soat elektr energiyasi va 11 mlrd kub metr suvni iqtisod qilish kabi vazifalar oldimizda turibdi.
Shu bilan birga, suvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi-yangi yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish orqali xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, faxriylar holidan xabar olish, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish borasidagi savobli ishlarimizni keng ko‘lamda qat’iy davom ettiramiz. 
Ishonamanki, suvchilarimiz bir yoqadan bosh chiqarib, har yilgi an’anaviy ishlarimiz – sug‘orish mavsumigacha gidrotexnik inshootlar, nasos stansiyalari, kanal va kollektorlar atrofini obodonlashtirib, daraxtlarni oqlab, shakl berib, yer maydonlariga mavsumiy gul va daraxt ko‘chatlari ekishni jadallashtiradilar.
Aziz suvchilar!
Sizlarni hammamiz uchun suyukli va ardoqli Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman!
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Navro‘zi olamning qadami barchamiz uchun qutlug‘ kelsin, suvimiz yanada mo‘l bo‘lsin!
 
Shavkat Xamrayev,
O‘zbekiston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vaziri

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Апрель 2026 (1)
Март 2026 (8)
Февраль 2026 (1)
Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Сентябрь 2024 (1)