So'nggi yangiliklar
SUVNI ASRASAK, KELAJAKNI ASRAYMIZ
Ilgari bolalarning ariqda oqayotgan zilol suvlarga non botirib yegani haqida bobolarimiz, buvilarimizdan eshitganmiz, kitoblarda o‘qiganmiz. Bugungi yoshlar uchun bu misoli bir ertak.Insonlarning beparvoligi va ayrimlarning nojo‘ya harakatlari tufayli ariqlardagi suvning sifati o‘zgarib, unga non botirib yeyishni ko‘ngil tusamaydigan darajaga kelib qoldi. Buning ustiga, suv aniq hisob kitob va reja asosida taqsimlanayotgani tufayli ariqda doim oqib turmaydi.
Shunday bo‘lgandan keyin undagi zilollik ham yo‘qoladi. Toza suv faqat bizda emas, dunyoning ko‘p mintaqalarida muammoga aylanmoqda. Shu bois, 22-mart – Butunjahon suv resurslari kuni sifatida belgilangan.
Maqsad – sana munosabati bilan hukumatlar va jamoatchilik e’tiborini suv masalasiga qaratish, obi hayotni asrash, tejab ishlatish, kelajak avlodga toza holida yetkazish qanchalik muhimligini anglatishdir.
Butunjahon suv resurslari kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilda e’lon qilingan. Bosh Assambleya rezolyusiyasida davlatlarga ushbu sanada suv resurslarini asrash va e’zozlashga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish taklif etilgan. Bosh assambleya BMT Bosh kotibiyatidan har yili aniq mavzularni belgilab olishni so‘ragan.
Misol uchun, “1994-yil – Suv resurslari haqida qayg‘urish har bir insonning vazifasi”, “2004-yil – Suv resurslari va tabiiy ofatlar”, “2010-yil – Jahon salomatligi uchun toza suv”, “2020-yil – Suv va iqlim o‘zgarishi” yili deb e’lon qilingan. 2026-yil – suv odamlar uchun, suv taraqqiyot uchun, suv sayyora uchun, suv hamkorlik uchun, suv ko‘p tomonlama jarayonlarda, suv resurslarida invistitsiyalar mavzulari belgilab olingan.
Toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish har bir insonning huquqidir. Biroq, dunyoda 2,2 milliard kishi haligacha xavfsiz ichimlik suvi ta’minotiga ega emas. Bu albatta ularning turmush darajasiga ta’sir qiladi.
Suvni asrab-avaylash nafaqat shaxsiy salomatlik, balki jamiyat farovonligi, tabiatni himoya qilish va global barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
22-mart arafasida #WorldWaterDay va #Butunjahonsuvresurslarikuni kabi xeshteglar ostida o‘tkaziladigan kampaniya internetda bir necha yuz millionlik auditoriyalarni qamrab oladi va ming-minglab odamlarni muhokama va munozaralarga chorlaydi. Shu orqali aholining xabardorligi oshadi va suvga oid bilimlari boyiydi.
Xulosa qilib aytganda, suv — bu inson hayoti va sayyoramiz barqaror rivoji uchun eng muhim resursdir. Shu sababli, suvni asrash, tejash va kelajak avlodga toza holida yetkazish har bir insonning burchidir.
Mohinur Normaxmatova
O‘zJOKU 1-kurs talabasi
Veb-saytimiz faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
Yil dasturi
Ma'lumotlar arxivi
Апрель 2026 (1)
Март 2026 (8)
Февраль 2026 (1)
Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Сентябрь 2024 (1)
